10.10.2020 3031

2020 yil 12-13 oktyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 1 kursga o‘qishga tavsiya etilgan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi abiturientlar uchun universitet faoliyatini tanishtiruv kunlari bo’lib o’tadi.

Shu munosabat bilan 12 oktyabr soat 9.00 da "Xalqaro iqtisodiyoti va menejment" ta’lim yo’nalishiga o’qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, 13 oktyabr soat 9.00 da esa "Siyosatshunoslik" va "Yurisprudensiya" ta’lim yo’nalishlariga o’qishga tavsiya etilgan Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan abituriyentlarning universitetga kelishlari so’raladi.

Eslatma: Universitetga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va karantin qoidalariga asosan himoya niqoblari bilan kelishingiz zarur. Hozirgi vaqtda viloyatlarda bo’lgan o’qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun universitet faoliyati online tarzda tanishtiriladi. 2020-2021 o’quv yili birinchi semestri dars mashg’ulotlari ham masofaviy online tarzda universitet moodle masofaviy ta’lim tizimi orqali o’tkaziladi.