05.10.2020 4011

2020-2021 o‘quv yilida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalaviriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga tavsiya etilgan abiturentlar uchun 2020 yil 6 oktyabrdan 11 oktyabrgacha soat 9:00 dan - 17:00 gacha universitet hududiga quyidagi hujjatlar bilan tashrif buyurishingiz so‘raladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  1. Rektor nomiga ariza (universitet hududida to’ldiriladi)
  2. Ta’lim haqidagi xujjatning asli (attestat/diplom va ilova)
  3. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatning asl nusxasi (masalan, IELTS, TOEFL, TestDAF va boshqalar)
  4. Olimpiada g‘olibi bo‘lsa, diplom yoki setifikat asl nusxasi
  5. Muddatli harbiy xizmatni oʻtab, tavsiyanoma asosida talabalikka tavsiya etilgan boʻlsa, tavsiyanomaning asli, harbiy xizmatchilarning farzandlariga beriladigan tavsiyanomaning asl nusxasi
  6. Fotosurat (3,5x4,5 - 6 dona)
  7. Pasport nusxasi - 2 dona
  8. Abituriyent ruxsatnomasi va javob varaqasi
  9. Imtiyozi bo‘lsa, imtiyozning asli va asosi
  10. Hujjatlar uchun yig'ma jild (папка скоросшиватель)
  11. Konvert - 2 dona