20.11.2015 38607

Joriy yilning 17 noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Senator soati” bo'lib o'tdi. Unda Oliy Majlisi Senati tashqi siyosat masalalari qo'mitasi raisi Sadiq Salixovich Safoev “O'zbekiston tashqi siyosatining tamoyillari va ustivor yo’nalishlari” mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Ushbu tadbir doirasida talabalar parlament tomonidan qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishishdi hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.