22.10.2016 33639

Joriy yilning 21-oktabr kuni JIDU faollar zalida o’zbek tiliga Davlat  tili maqomi berilganligining  27 yilligiga  bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.Tadbirda JIDU rektori, professor o’qituvchilar hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan aktrisa Ra’no Yarasheva va “Shuhrat” medali sohibasi Dilnoza Kubayeva ishtirok etdi.

Tadbirda JIDU rektori so’zga chiqib o’zbek tilining Davlat tili sifatida qabul qilinganligi, uning naqadar jozibaliligi haqida gapirib o’tdi. Bundan tashqari, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan aktrisa Ra’no Yarasheva ham so’zga chiqib o’zbek tilining naqadar so’zga boyligi va o’zlikni anglashda muhim ahamiyat kasb etishi haqida so’zlab o’tdi. Shundan so’ng talabalar o’rtasida o’zbek tilida she’riyat, mushoira bahsi boshlandi. Mushoira juda qizg’in davom etdi.

Fakultetlar o’rtasida o’zlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tomoshabinlarda ajoyib taasurot qoldirdi. Bahslarni hakamlar hay’ati kuzatib bordi va munosib baholadi. “Xalqaro munosabatlar” fakulteti g’alaba qozondi. Tadbirda faol talabalar diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.