21.10.2016 32039

2016 yilning 11 va 18 oktabr kunlari Universitetning barcha fakultetlarida tahsil oluvchi I bosqich talabalariga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining huquqiy asoslarini o'rganish yuzasidan tayyorlangan 4 soatlik maxsus kurs o'zbek va rus tillarda tashkil etildi. Ma'ruzani Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professori E.S.Sultanova o'qidi.

Mashg'ulotlar interfaol metodlarni qo'llagan holda olib borildi. Talabalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tarixi va uning huquqiy asoslari haqida ma'lumot berildi. Bu sohada ilg'or demokratik xorijiy davlatlarning malakasi tahlil qilindi.

Ma'ruzalar “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish” bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar dasturi” ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.