Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari uchun “Eng yaxshi ilmiy maqola” nominatsiyasi boʻyicha tanlov tashkil qilinmoqda
21.09.2020 2976
JIDU talaba yoshlarida respublikaning tashqi siyosati, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyatiga boʻlgan qiziqishini oshirish, Tashqi ishlar vazirligining ustuvor vazifalari toʻgʻrisidagi bilim hamda tushuncha doirasini kengaytirish, shuningdek, vazirlik tomonidan iqtidorli va istiqbolli talabalarini ragʻbatlantirish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun “Eng yaxshi ilmiy maqola” nominatsiyasi boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.
Konkurs ishtirokchilariga qoʻyiladigan asosiy talablar:
- Ilmiy maqola oʻzbek, rus va ingliz tillarida Times New Roman, 15 shrifda tayyorlanadi va 8-10 betdan iborat boʻladi;
- Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tavsiya etilgan mavzulardan biri tanlab olinishi lozim;
- Roʻyxatda mavjud boʻlmagan mavzu tanlangan holda, qoʻshimcha mavzuni TIV bilan kelishish tavsiya etiladi;
- Ilmiy maqolalar 2020-yilning sentyabridan 2021-yilning apreliga qadar edu@mfa.uz va kadr@mfa.uz elektron pochtasi orqali umumlashtirish uchun qabul qilinadi;
- Tajribali diplomatlardan iborat komissiya aʼzolari tomonidan “Eng yaxshi ilmiy maqola” deb topilgan maqola muallifi Tashqi ishlar vazirining Faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi;
- Konkurs gʻoliblari Tashqi ishlar vazirligi tizimida maqsadli va oʻquv amaliyotiga taklif etiladi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining barcha talabalarini konkursda faol ishtirok etishga taklif etamiz!