12.09.2020 3020

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 08.09.2020y. va 09.09.2020y. kunlari o‘tkazilgan onlayn test sinovlarida ma’lum bir texnik sabablarga ko‘ra topshira olmagan o‘quvchilar uchun 12.09.2020y. kuni onlayn imtihon bo‘ladi.

12.09.2020y. 9:00 da – Rus guruhi o‘quvchilari uchun.

12.09.2020y. 12:00 da – O‘zbek guruhi o‘quvchilari uchun.

Abituriyent oʻz imtihonining sana va vaqtini https://al.uwed.uz manzilidagi “Onlayn imtihon sanasi / Дата онлайн экзамена” boʻlimidan oʻz logini orqali kirib bilishi mumkin.

Abituriyentning logini – lotin grafikasida familiyaning birinchi harfi (1 belgi) va tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasportning nomeri (faqat nomer)dan tashkil topadi. Masalan: d2336915 (bu yerda "d" familiyaning birinchi harfi lotin grafikasida, 2336915 - tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasportning raqami).

Onlayn imtihon topshirish uchun har bir abituriyent onlayn imtihonga kirish uchun mustaqil ravishda imtihondan kamida 1 soat oldin https://al.uwed.uz manzilidagi “Parolni olish / Получить пароль” boʻlimidan oʻz login paroli orqali kirib bilishi mumkin (masalan, agar imtihon 09.09.2020 kuni soat 12-00 da boʻlsa, parolni 09.09.2020 kuni soat 11-00 dan 12-00 gacha parolni olishlari lozim).

Akademik litsey abituriyentlari onlayn imtihonni https://test2020.uwed.uz sayti orqali topshirishadi.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
Telefon: (998 71) 244-84-19