03.09.2020 22856

JIDU ALga 2020/2021 o‘quv yili uchun saralash imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi.

1-bosqich saralash imtihoni Moodle masofaviy ta’lim tizimida onlayn tarzda o‘tkaziladi (https://test2020.uwed.uz).

Dastlabki bosqich ikki blokdan iborat bo‘ladi:

1-blok. O‘quvchining intellektual darajasini aniqlash (10 ta onlayn test IQ sinovlari, 60 ball):

  • mantiqiy va keng fikrlash darajasini aniqlash;
  • turli tushunchalar bilish darajasini aniqlash;
  • faktlarni taqqoslash hamda ularning o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni topish darajasini aniqlash.

2-blok. Ona tilini bilish darajasini aniqlash (10 ta savolli 100 ta so‘zdan iborat qisqacha esse, 40 ball):

  • Abituriyent yozgan essesini to‘g‘ridan-to‘g‘ri masofaviy ta’lim tizimida bajaradi.

Dastlabki imtihon maksimal 100 ballni tashkil etadi.

Dastabki bosqichda 50 va undan yuqori ballni to‘plagan o’quvchilarga ikkinchi bosqichda qatnashishga ruxsat beriladi.

2-bosqich saralash imtihoni 2020-yilning 13-15-sentyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hududida- maxsus tayyorlangan ochiq maydonda oʻtkaziladi.

2-bosqichda o‘quvchilar quyidagi fanlardan yozma test shaklida imtihon topshiradi:

  1. Matematika fanidan - 20 ta test, 3.2 ball;
  2. Xorijiy til (ingliz tili, fransuz tili, nemis tili) fanidan - 20 ta 3.1 ball.

Onlayn imtihonning birinchi bosqichi 08.09.2020-y.dan 11.09.2020y. gacha oʻtkaziladi.

Abituriyent oʻz imtihonining sana va vaqtini  https://al.uwed.uz manzilidagi “Imtihon sanasi / Дата экзамена” boʻlimidan oʻz login paroli orqali kirib bilishi mumkin.

Abituriyentning logini – lotin grafikasida familiyaning birinchi harfi (1 belgi) va tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasportning nomeri (faqat nomer)dan tashkil topadi. Masalan: d2336915 (bu yerda "d" familiyaning birinchi harfi lotin grafikasida, 2336915 - tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasportning nomeri).

Onlayn imtihon topshirish uchun har bir abituriyent onlayn imtihonga kirish uchun mustaqil ravishda imtihondan kamida 1 soat oldin https://al.uwed.uz manzilidagi “Parolni olish / Получить пароль” boʻlimidan oʻz login paroli orqali kirib bilishi mumkin (masalan, agar imtihon 09.09.2020 kuni soat 12-00 da boʻlsa, parol nujno poluchit 09.09.2020 kuni soat 11-00 dan 12-00 gacha parolni olishlari lozim).

Akademik litsey abituriyentlari uchun dastlabki imtihonga tayyorgarlik maqsadida  03.09.2020y. kunidan  07.09.2020y. soat 23:00 gacha https://test2020.uwed.uz manzilida abituriyent logini va demo@2020 paroli yordamida imtihonning DEMO versiyasini topshirish mumkin. Eslatib oʻtamiz, demo-imtihonning natijasi hech qayerda hisobga olinmaydi.