Yangi oʻquv yili muborak boʻlsin!
02.09.2020 2423
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti respublikamizning barcha oliy oʻquv yurtlari kabi bugun 2-sentyabr kuni 2020-2021 oʻquv yilini boshladi. Bu yilgi yangi oʻquv yilini kirib kelishi tarixda oʻzining hususiyatlariga ega boʻlib ajralib turadi: “Covid-19” koronavirus pandemiyasini yuzaga kelganligi, 2019-2020 oʻquv yilida oʻqishlar on-line tizimiga toʻliq oʻtkazilganligi davrida sodir boʻlgan.
Universitetning Yangi oʻquv yili 29-chi navbatdagisi boʻlib ushbu qiyin davrda boshlanmoqda. Bugun JIDUda 2-3-4 kurs talabalari uchun on-line tarzda darslar toʻliq boshlandi.
Hurmatli Universitet talabalari, kafedra professor-oʻqituvchilari hammangizni Yangi oʻquv yili bilan muborakbod etib, sogʻlik-salomatlik va oʻqishlaringizda muvofaqiyatlar tilaymiz.