13.10.2016 31150

2016 yil 12 oktyabr kuni murabbiylik soatida “O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” mavzusiga bag'ishlangan suhbat o'tkazildi. Mazkur suhbat Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti 4-5 kurs talabalari o'rtasida tashkil etildi. Suhbatni “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi professori Sh.Sharifxodjaev, “Iqtisodiyot nazariyasi” professori G.S.Toniyantslar olib bordi.

Suhbat boshida O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlaman himoya qilishga va ishbilarmonlik muhiniti sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni o'qib eshittirildi. Ushbu Farmonning mohiyati tushuntirilib o'tildi. Har bir bandiga alohida e'tibor qaratildi. Suhbatda akademik guruh murabbiylari A.Rasuleva, G.Aburaximova, A.Abdullaev, L.Mingishev, G.Sultanovalar ham faol ishtirok etdi.

Mavzu talabalar o'rtasida qizg'in muhokama etildi.