01.08.2020 2044

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi Universitet tashkil topgan kundan boshlab chorak asr davomida Til ta’limi markazining tashkil qilinishi va takomillashuviga beqiyos hissa qo‘shgan, ko‘plab o‘quv dasturlari va qo‘llanmalari muallifi JIDU dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Nodira Ayubovna Abdullayevaga og‘ir judolik – volidayi muhtaramasi Saidaxon G‘ulomovaning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi.

Qarindoshlari va yaqinlari, shuningek, minglab minnatdor shogirdlari jonkuyar murabbiy, sevimli ustoz, mehribon ona va yorqin insonni yo‘qotdilar. Saidaxon G‘ulomova hozirgi o‘zbek adabiy tilini o‘rganishga va uning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan taniqli turkiyshunos-tilchi olim, filologiya fanlari doktori, professor Ayub G‘ulomovning sadoqatli umr yo ‘ldoshi va yelkadoshi edi.