23.07.2020 3879

Erasmus Mundus qo'shma magistrlik darajalari-2020 yangi qo'shma magistrlik dasturlarining tanlovi yakunlandi, tanlov natijasida "Learning Mobility of Individuals” yo’nalishi bo’yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro xavfsizlik, tinchlik va taraqqiyotning xalqaro huquqi" yangi konsorsiumiga teng huquqli hamkori sifatida qo'shildi.

Bizning hamkorlarimiz:

  • UNIVERSITY OF GLASGOW (Buyuk Britaniya)
  • UNIVERSITE LIBRE DE BRUXELLES (Belgiya)
  • TARTU ULIKOOL EE (Estoniya)
  • LEUPHANA UNIVERSITAT LUNEBURG (Germaniya)
  • STICHTING KATHOLIEKE UNIVERSITEIT (Niderlandiya)
  • INSTITUT BARCELONA D ESTUDIS INTERNACIONALS, FUNDACIO PRIVADA (Ispaniya)
  • UNIVERSIDAD AUTONOMA DE BARCELONA (Ispaniya)
  • UNIVERSIDAD POMPEU FABRA (Ispaniya) 
  • UNIVERSITAT DE BARCELONA (Ispaniya)

Loyiha 3 yil davom etadi, umumiy qiymati 4 352 000 Evro.

JIDU talabalari Evropa Ittifoqiga a'zo universitetlarning magistrlik dasturlari va qo’shma dastur magistrlik darajasini olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

O’z navbatida, Yevropa Ittifoqining hamkor universitetlari talabalari ham JIDUda bir semestr davomida ta’lim oladilar.

Barcha xarajatlar loyiha tomonidan qoplanadi.

ERASMUS + Programme of the European Union