10.07.2020 3050

2019-2020 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy  muhitni yanada sogʻlomlashtirish maqsadida “Maʼrifatli yoshlar - yurt koʻzgusi” shiori ostida turkum maʼnaviy – maʼrifiy tadbirlarni oʻztkazish boʻyicha naʼmunaviy “Yoʻl xarita”sining, hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 11-noyabridagi 1043-sonli buyrugʻi ilovasi bilan tasdiqlangan Nazorat rejasining 11-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 6-iyul kuni universitetda onlayn tashkil etilgan “Biz nechun sevamiz Oʻzbekistonni”  mavzusidagi  ijodiy ishlar bellashuvida JIDU talabalari orasida saralash bosqichi oʻtkazilib, unda tanlov shartlari mezonlariga koʻra gʻoliblar aniqlandi.

 Hayʼat aʼzolari, naʼmunaviy nizom meʼzonlariga asoslangan holda gʻoliblar, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 3-kurs talabasi Boboyev Humoyun Sayfullayevich, 2-kurs talabasi Ibodova Sadoqat Karomiddin qizi va Xalqaro huquq fakulteti 3-kurs talabasi Berkinov Jahongir Xayrullayevichlarning ijodiy ishlari gʻolib deb topilganligi bilan bu talabalarni samimiy tabriklaymiz.