01.07.2020 2658

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 333-sonli buyrug'iga asosan "Ma'rifatli yoshlar - yurt kelajagi" shiori ostida onlayn-festival bo'lib o'tdi. Festival dasturida "Mening sport mahoratim" mavzusida blok ham bor edi. Tanlov ishtirokchilaridan talabalarning jismoniy qobiliyatlari muayyan mezonlarga muvofiq qayd etilgan videomateriallarni taqdim etish talab qilindi. Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ham ishtirok etdilar. Faxrli ikkinchi o'rinni "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fakulteti talabasi Asadbek Alisherov egalladi. G'oliblarga 1-o'rin 2 000 000 so'm, 2-o'rin 1 500 000 so'm, 3-o'rin 1 000 000 so'm va diplomlar topshirildi. Ushbu musobaqalar respublika hukumati tomonidan talabalar va yoshlarni jismoniy tarbiya bilan ta'minlash, ularni ommaviy sportga jalb etish, sog'lom turmush tarziga yo'naltirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport musobaqalarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha barcha qonun va qarorlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida o'tkazildi.

Shuhrat Dilmuradov,
Davlat Rahmatov