30.06.2020 3951

Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganining 19 yilligini nishonlash doirasida O'zbekistondagi SHHT xalq diplomatiyasi markazi "Xalq diplomatiyasi — sayyorada tinchlik yo'lidir" mavzusida Respublika Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida insholar tanlovini o'tkazdi.

Tanlov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va respublikaning boshqa o'quv yurtlari talabalari uchun xalq diplomatiyasining mohiyati, o'zaro munosabatlarni yaxshilash, xalqlar o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik masalalari, shuningdek, SHHT mamlakatlari xalqlarining madaniyati, an'analari, dini va hayot tarzi bilan yanada chuqurroq tanishish haqida ham keng fikr yuritish uchun noyob imkoniyat yaratdi. Tadbir iste'dodni namoyon etish, mustaqil, erkin fikrlaydigan va respublika yoshlarining iqtidorli, iste'dodli vakillarini aniqlash, umuman, ijodiy individuallikni ochib berish va yosh avlodning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan.

Joriy yilning 30 iyun kuni Yoshlar kunida Xorijiy mamlakatlar bilan millatlararo munosabatlar va do'stlik aloqalari qo'mitasida tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'olibga tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg'alari topshirildi

ShHTning O'zbekistondagi xalq diplomatiyasi markazi rahbari Qobuljon Sobirov tanlov ishtirokchilariga minnatdorlik bildirib, tanlovning asosiy maqsadi iqtidorli bolalarni ijod qilishga undash, SHHT mamlakatlari tarixi, an'analari va qadriyatlariga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, xalq diplomatiyasining mohiyatini tushunish, yaxshi qo'shnichilik, millatlararo va konfessiyalararo totuvlik o'rnatish, umuman, xalqlar o'rtasida millatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat ekanini ta'kidladi.

Hakamlar hay'ati raisi, markaz ijodiy guruhi rahbari, filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinov olingan barcha ishlar ko'rib chiqilib, ularning eng yaxshilari mukofotlash uchun taqdim etilganini ta'kidladi. Asarlarni tanlashda o'ziga xoslik, badiiy mahorat va mavzuni oshkor qilish hisobga olingan.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hay'at a'zosi, professor, siyosat fanlari doktori E'.Sultonovaning so'zlariga ko'ra, xalq diplomatiyasi, avvalambor, o'zaro munosabatlarni yaxshilash, o'zaro manfaatli hamkorlik qilish, turli mamlakatlar fuqarolarining madaniyati, an'analari va hayot xususiyatlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradigan oddiy odamlar yoki jamoat tashkilotlarining norasmiy muloqotidir. Aytish mumkinki, turli xalqaro forumlar, simpoziumlar, konferentsiyalar, syezdlarga qatnaydigan har qanday O'zbekiston fuqarosi, ayniqsa, u boshqa mamlakatlar vakillari bilan zamonaviy hayotning dolzarb masalalarini norasmiy tarzda muhokama qilsa, xalqaro maydonda mamlakatimiz vakili bo'lgan fuqarolik jamiyatining norasmiy elchisidir.

Shuningdek, JIDU "Xalqaro munosabatlar" fakulteti dekan muovini S.Tilyaxodjayeva bugungi xalq diplomatiyasi siyosiy muloqotning eng muhim tushunchalaridan biri deb ta'kidladi. Xalq diplomatiyasi madaniyat, fan, ta'lim sohasidagi davlat dasturlarini o'z ichiga oladi, bu esa mamlakatning milliy manfaatlarini chet el auditoriyasiga xabardor qilish va ta'sir ko'rsatish orqali targ'ib qilish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga S.Tilyaxodjayeva Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O'zbekiston SHHT xalq diplomatiyasi markazi o'rtasida olib borilayotgan ishlar haqida so'zlab berdi.

Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-bosqich talabasi Djamalov Fazliddin Oybek o'g'li faxriy birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rinni "Xalqaro munosabatlar" fakulteti 1-bosqich talabasi Ilmiddinova Madinaxon Abdulhamid qizi egalladi.

Shuningdek, hakamlar hay'ati a'zolari va 100-ballik tizim bo'yicha a'lo baholarga sazovor bo'lgan, lekin tanlov g'oliblari ro'yxatiga kiritilmagan talabalarga minnatdorchilik sertifikatlari topshirildi.

Ma'lumki, xalq diplomatiyasi SHHT doirasida dunyo mamlakatlari mentalitetini tushunish, yaxshi qo'shnichilik, do'stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin. Shubhasiz, SHHT makonida yashovchi xalqlar manfaatlari yo'lida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, madaniyatlarning xilma-xilligini saqlash va rag'batlantirish, mintaqaning madaniy va tabiiy merosini o'rganish sohasidagi hamkorlik odamlar o'rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

"Xalqaro munosabatlar"  fakulteti dekanati