15.06.2020 3734

2020-yilning 12-iyun sanasida universitetning onlayn konferensiyalar platformasida JIDU bitiruvchisi, Kanadadagi "Sobirov’s Law" yuridik firmasi asoschisi va hamkori Sobirov Rahmadjon Rustamovich tomonidan onlayn-ma`ruza tashkil etildi.  "IT va LegalTech davrida yuristlar uchun yangi tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusiga bag'ishlangan ma'ruza talabalarda katta qiziqish va ko'plab savollar tug'dirdi. Unda JIDU doktorantlari, xodimlari va professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar. O'z ma'ruzasida Raxmadjon Sobirov JIDU huquqshunoslari uchun "LegalTech va IT" klubini ochishni, shuningdek, "xalqaro transport huquqi"bo'yicha ma'ruzalar kursini o'tkazishni taklif qildi.  Ma'ruza oxirida talabalar mavzuga doir o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Sobirov Rahmad Rustamovicga qiziqarli va mazmunli ma'ruza uchun minnatdorchilik bildiradi.

IT va legaltech davrida yuristlar uchun tahdidlar


Uchrashuv videosi