Anqaradagi Yaqin Sharq Texnik Universiteti professori Husayn Bag’chining onlayn-ma’ruzasi
12.06.2020 3359
2020 yilninig 12 iyun sanasida universitetning onlayn-konferensiyalar platformasida Anqaradagi Yaqin Sharq Texnika Universiteti professori Husayn Bag‘chining “Tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati: umumjahon post-pandemik davrda global va mintaqaviy tahdidlar, taxminlar va echimlar” mavzusidagi onlayn-ma’ruzasi tashkil etildi. Unda JIDU doktorantlari, hodimlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Ma’ruza davomida professor H.Bag‘chi Turkiyaning hozirgi davrdagi tashqi siyosati va respublikaning xalqaro munosabatlarda tutgan strategik o‘rni haqida to‘liq ma’lumot berdi. Xususan, ma’ruzachi Turkiyaning Evropa Ittifoqi, AQSH, Rossiya va Xitoy kabi davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarining o‘ziga xos jihatlarini ochib berdi.
Tadbirning yakunlovchi qismi “savol-javob” formatida o‘tdi. Ishtirokchilar tadbir mavzusiga kata qiziqish bildirib, fikr almashdilar va professor H.Bag‘chiga ochiq ruhda o‘tgan, mazmunli ma’ruza uchun minnatdorchilik bildirdilar.