04.06.2020 3265

Hozirgi o’zgaruvchan dunyoda ta’limning barcha turlariga moslashuvchanlik juda muhimdir. Ayniqsa bu koronavirusdek pandemiya sharoitida juda katta rol o’ynaydi. Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti o’qituvchilari  hamda talabalari yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’limning onlayn-masofaviy ko’rinishiga o’tishgan. Ustoz va murabbiylar asosan fanning nazariy qismiga urg’u bergan holda talabalarni baholamoqdalar. Talaba-yoshlar esa o’zlarining sport-sog’lomlashtirish mashg’ulotlarini video tarzida suratga olib ustozlarga havola etmoqdalar. Pandemiya jismoniy tarbiya va sportga har qanaqa yo’sinda ta’sir ko’rsata olmasligini ular ko’rsatib bermoqdalar.

Shuhrat Dilmuradov