26.09.2016 34046

2016 yil 23 sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi, universitetining 24 yilligi, “Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!” deb nomlangan hamda universitet bitiruvchilar assotsiatsiyasi tashrifiga bag'ishlangan tantanali bayram o'tkazildi. Bayramga universitetda faol mehnat qilib kelayotgan ustoz-murabbiylar, universitet rahbariyati, talabalar hamda taklif etilgan mehmonlar tashrif buyurdi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasidan so'ng universitet rektori Abdumalik Abduvaxobovich Djumanov so'zga chiqdi va zalda o'tirganlarni o'tkazilayogan qo'shaloq bayram bilan qutladi. Universitetda yoshlar ta'lim-tarbiyasida g'amxo'rlik, cheksiz mehr va e'tibor, kelajak avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda jonbozlik ko'rsatayotgan bir guruh ustoz-murabbiylar va xodimlar fahriy yorliq va guldastalar bilan taqdirlandi.

Bayram O'zbekiston Respublikasining 25 yilligiga bag'ishlangan videofilm, bitiruvchilarning hayoti va faoliyati to'g'risida taqdimot, talabalar tomonidan tayyorlangan she'riy va musiqiy chiqishlar bilan boyitildi.