23.05.2020 3172

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydan
“Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4708 sonli qarorini ijrosi yuzasidan.

Joriy yilning 10-may kuni taniqli oʻzbek matematigi, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, extimollar nazariyasi va matematik statistika sohasidagi olim, Oʻzbekistonda matematika fanining rivojiga katta xissa qoʻshgan Sagʻdi Xasanovich Sirojiddinovning tavvalud topganiga 100-yil toʻldi.

Matematika fanining rivojiga va ilmiy kadrlarni tayyorlashda ulkan yutuqlarni erishgani hamda hayoti davomidagi samarali davlat va jamoat faoliyati uchun S.X. Sirojiddinov eng yuqori davlat mukofotlari – orden va medallarga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston fan arboblari akademik S.X. Sirojiddinovni katta minnatdorchilik va gʻurur bilan eslashadi, ustozning hayoti, respublikada matematika fanini rivojlanishiga qoʻshgan ulkan xissasi yosh olimlar uchun kuchli ibrat boʻlib xizmat qiladi.

Mazkur eʼtiborli sanaga bagʻishlab akademik S.X. Sirojiddinovning hayoti va mehnat faoliyatini oʻzida aks ettiruvchi axborot videoroligi yaratildi.

Material “Tizimli tahlil va menejment” kafedrasi professori G.M.Raimova tomonidan tayyorlangan.