19.09.2016 37805

2016 yil 7-14 sentyar kunlari barcha akademik guruhlarda tashkil etilgan murabbiylik soati O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlandi. Kirish so'zi bilan boshlangan xotira davomida 1 daqiqa sukut saqlandi. Murabbiylar I.A.Karimov hayoti va faoliyat yo'li haqida gapirib o'tdi va taqdimot namoyish etdi. Prezidentimizning davlat mustaqilligi, yurt ravnaqi, milliy istiqlol g'oyasini singdirishga bag'ishlangan ilmiy asarlari tilga olindi. Istiqlol davridan avval va mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borgan bunyodkorlik ishlari raqam orqali ko'rsatib o'tildi. So'zga chiqqan talabalar I.A.Karimov tashabbuslari bilan yoshlarga yaratilgan sharoitlarga e'tibor qaratdi. Olib borgan oqilona davlat siyosatiga atroflicha urg'u berildi. Shu bois, talabalar Prezidentimiz o'gitlarini davlatimiz va jamiyatimiz tinchligi va osoyishtaligi, gullab yashnashi yo'lida oqilona izchil davom etirrishlari, o'z ustida tinmay ish olib borishlari, O'zbekistonni dunyo mamlakatlari qatoridan munosib o'rin egallaganini mustahkamlashiga va'da berdi. Murabbiylik soati yakunida talabalar diqqatiga “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” deb nomlangan videofilm namoyish etildi.