Oliy diplomatiya maktabida MBA dasturi uchun hujjatlar qabul qilinishi boshlandi
05.05.2020 4939
Oliy diplomatiya maktabining MBA dasturi “Xalqaro biznes menejmenti: strategiya va amaliyot” mutaxassisligiga yoʻnaltirilgan boʻlib, u biznes siyosati, biznesni boshqarish va rejalashtirish strategiyalarini rivojlantirishga moʻljallangan zamonaviy innovatsion ta’lim modellariga kiritilgan. Dastur korporativ boshqaruv texnologiyalari, moliyaviy va investitsiya bozorlari, marketing, raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik asoslari, axborot tizimlarini tashkil etish va boshqarish, brending, biznes tahlillari va informatika, xalqaro huquq, kadrlar menejmenti sohalarida har tomonlama yangi bilimlarni olishga qaratilgan.
Oʻquv modullari xalqaro bozorlarni tadqiq qilish va biznesni boshqarishning ilgʻor usullariga asoslangan: miqdoriy usullar (Quantitative Methods), vaziyat va muammoni yechish (Situation & Problem solving), ma’lumotlarni talqin qilish (Data interpretation), koʻp tanlov usuli (Multiple choice), tahliliy material yozish (Analytical writing) va boshqalar.
Ta’lim berish shakli
Ish faoliyatidan uzilmagan holda 2 yil (sentabr, 2020 – iyul, 2022) va yakuniy loyihani himoya qilish.
Oʻqish narxi yiliga 39 900 000 soʻm (2020-2021 oʻquv yili uchun).
Dasturga qabul qilinish uchun nomzodlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
- Bakalavr darajasi yoki unga tenglashtirilgan daraja
- Kamida 2 yil ish tajribasi
- Chet tilini yoki ingliz tilini bilish toʻgʻrisidagi xalqaro sertifikat:
- IELTS - har bir komponent uchun kamida 6 ball
- TOEFL - kamida 220 CBT
- Xalqaro GMAT sinovidan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikat (COVID-19 virusining tarqalishining oldini olish uchun oʻrnatilgan cheklovlar tufayli, boshqa tanlov mezonlari boʻyicha yaxshi natijalarga erishilingan boʻlsa, GMAT sertifikati 2020-2022 oʻquv yili kuzgi semestrga qabul qilinish uchun majburiy emas).
MBA dasturiga qabul qilish tartibi:
1) Quyidagi hujjatlarni odm@uwed.uz elektron pochta manziliga yuborish:
- rezyume (CV);
- bakalavr diplomining nusxasi;
- tavsiyanoma (kamida 2 ta);
- ingliz tilini bilish toʻgʻrisidagi xalqaro sertifikati (IELTS yoki TOEFL), GMAT xalqaro test natijalari;
- motivatsion insho.
2) Suhbat: Tanlov komissiyasi nomzodning hujjatlarini ko'rib chiqadi va nomzod bilan suhbatni belgilaydi.
Oʻqishni tugatgandan soʻng, bitiruvchilar nufuzli “Biznes boshqaruvi magistri” diplomiga ega bo'ladilar.
Hujjatlar 10-avgustgacha qabul qilinadi.
Telefonlar: (+998) 99−851−20−31, (+998) 71−267−08−30, (+998) 71−268−31−13
Manzil: Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik shoh ko'chasi, 54-uy.
Oliy diplomatiya maktabining MBA dasturi - professional oʻsish va xalqaro biznesda muvaffaqiyatlarga erishish uchun ishonchli poydevordir.