04.05.2020 3008

Joriy yilning may oyida "Siyosatshunoslik" fanidan Xalqaro Internet olimpiadasi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlovda turli mamlakatlardan bo’lgan universitet talabalari ishtirok etdi. 

Olimpiada axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda onlayn tarzda amalga oshirildi.

Faxriy birinchi o'rinni JIDU “Xalqaro munosabatlar fakulteti” 1-bosqich talabasi Djamalov Fazliddin Oybekovich qo'lga kiritdi.

G'olibimizni va uning ilmiy rahbari, “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi, siyosiy fanlar doktori, professor Sultanova E’tibor Sidikovnani chin dildan tabriklaymiz!