03.05.2020 3218

Joriy yilning aprel oyida "Jahon iqtisodiyoti" fa nidan Xalqaro Internet olimpiadasi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlovda turli mamlakatlardan bo’lgan universitet talabalari ishtirok etdi. 

Olimpiada axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda onlayn tarzda amalga oshirildi.

Faxriy birinchi o'rinni JIDU Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti to'rtinchi kurs talabasi O'rolov Islom Furqatovich qo'lga kiritdi.

G'olibimizni va uning ilmiy rahbari, “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi o'qituvchisi Ilhomjonov Ibrohim Ilhomjon o’g’lini chin dildan tabriklaymiz!