29.04.2020 4399

Sog'lom turmush tarzi, ommaviy sport yurtimizda hamisha diqqat markazida bo'lgan, shaxsan davlatimiz rahbarining doimiy kuzatuvi va ko'magida rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, bugungi karantin kunlarida sportning ahamiyati yanada oshdi, salomatlikning naqadar ulug'ne'mat ekanligi yana bir bor anglab etildi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari koronavirus infektsiyasining tarqalishi munosabati bilan uyda o'tiradilar va jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishni unutishmaydi. Immunitet va salomatlikni barqarorlashtirish, shuningdek, bo'sh vaqtni samarali o'tkazish uchun talabalarimiz jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishadi va ularning ishtiroki bilan video lavhalar tayyorlanadi. Bugun siz bilan shu lavhalarni taqdim etmoqchimiz.

Shuhrat Dilmuradov