29.04.2020 4306

2020 yil 28 aprelda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining boshqarma boshlig’i, PhD, Otabek Xasanov Xalqaro huquq fakulteti talabalari uchun "Davlat xizmatida samaradorlik" mavzusida onlayn ma'ruza o'tkazdi.

Ma'ruzada uchinchi kurs talabalari ishtirok etdilar. Ma’ruza mobaynida davlat xizmatidagi byurokratiya, ijro intizomi va faoliyat mezonlari kabi masalalar muhokama qilindi. Tadbir davomida talabalarga xorijiy mamlakatlarda davlat xizmatini tashkil etishning zamonaviy modellari to'g'risida ma'lumot berildi.

Ma'ruza davomida ushbu mavzu bo'yicha yuzaga kelgan savollar muhokama etildi.

Ma'ruzalar yozuvini ko'rish