JIDU Boshqaruv instituti Samarqandda “Kadrlar bo'limi ish yuritishining zamonaviy tamoyillari” mavzusida o'quv kursi o'tkazdi
08.09.2016 34761
2016 yil 22-26 avgust kunlari JIDU Boshqaruv instituti Samarqand shahrida Samarqand viloyat boshqaruvi tuman bo'linmalari kadrlar bo'limlarining boshlig’i va inspektorlari uchun malaka oshirish kurslari o'tkazdi.
“Kadrlar bo'limi ish yuritishining zamonaviy tamoyillari” o'quv kursi tinglovchilarini 46 sog’likni saqlash tuman muassasalarining vakillari tashkil qildi.
Ma'ruzalarda kompyuter o'quv taqdimotlaridan ta'limning va xodimlar boshqaruvining interaktiv metodlaridan unumli foydalanildi.
Boy ta'lim jadvali va katta hajmda axborot taqdim etilishi tinglovchilarga o'zlarining kasbiy faoliyatlariga tegishli barcha zarur bilimlarni olishlari uchun imkoniyat yaratdi.
O'quv jarayoni davomida tinglovchilar tomonidan ko'plab savollar berildi va ular o'zlarini qoniqtiruvchi javoblarini oldilar.
Ta'lim yakunida tinglovchilar uchun “Korporativ madaniyat va ishbilarmonlik munosabatlari etiketi” mavzusida qisqa turkum ma'ruzalar tashkil qilindi.