27.04.2020 3875

Joriy yilning aprel oyida "Strategik menejment" fanidan "Bilimlar vaqti" Xalqaro Internet olimpiadasi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlov universitet talabalari va o'qituvchilarining ijodiy salohiyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. 

Olimpiada tashkilotchisi Umumrossiya ommaviy axborot vositasidir (OAVni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma EL № FS 77 - 2015 yil 18-iyundagi 63093-sonli guvohnoma). Olimpiada masofadan turib axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda, sirtdan tashkil qilindi va test savollariga javoblar berish orqali amalga oshirildi.

Faxriy birinchi o'rinni JIDU Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti to'rtinchi kurs talabasi Umarova Niginabona Botirovna qo'lga kiritdi.

G'olibimizni va uning ilmiy rahbari, "Tizimli tahlil va menejment" kafedrasi o'qituvchisi Kasimova Naima Jaxangirovani chin dildan tabriklaymiz!