Pandemiya paytida sport bilan shugʻullanish
24.04.2020 3964
Koronavirus mavzusi ommaviy kommunikatsiyalarning asosiy vositalarini toʻliq qamrab oldi, odamlarning shaxsiy va jamoatchilik bilan suhbatlarida asosiy oʻrinni egalladi. Afsuski, bu birinchi navbatda sport sohasiga taʻsir qildi. Ammo Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari koronavirus infektsiyasining tarqalishi munosabati bilan uyda oʻtiradilar va jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishni unutishmaydi. Immunitet va salomatlikni barqarorlashtirish, shuningdek, boʻsh vaqtni samarali oʻtkazish uchun talabalarimiz jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishadi va ularning ishtiroki bilan video lavhalar tayyorlanadi.
Shuhrat Dilmurodov