23.04.2020 3992

2020 yil 22 aprel kuni soat 16:00 da Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti onlayn platformasida universitet professor-o’qituvchilari, bakalavriat va magistratura talabalari, doktarant hamda tadqiqotchilarning O’zbekiston Respublikasining Belgiya qirolligidagi Elchixonasi va NATOdagi missiyasi vakillari- siyosiy masalalar bo’yicha maslahatchi vakil Mamatov R. va Yevropa ittifoqi bilan hamkorlik masalalari bo’yicha maslahatchi Ismailov M. bilan onlayn uchrashuvi bo’lib o’tdi.  

An’anaviy-protokol ruhida emas, balki ochiq va do’stona muloqot tarzida o’tgan uchrashuv mobaynida elchixona vakillari tomonidan ishtirokchilarga  diplomatik vakolatxona tuzulmasi, faoliyatining asosiy yo’nalishlari hamda kun tartibidagi dolzarb masalalari haqida ma’lumot berildi. Xususan, O’zbekistonning YI bilan hamkorligi tarixi, huquqiy asoslari, zamonaviy holati va ikki tomonlama hamda ko’p tomonlama sherikchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.  

Shuningdek, mehmonlar ishtirokchilarning YIda jamoat palatalarining o’rni, YeIning O’zbekistonning xalqaro savdo tashkilotiga kirishi masalasi bo’yicha pozitsiyasi, O’zbekiston va YI o’rtasida hamkorlikni yanaqa kengaytirish to’g’risidagi shartnomani imzolanishi istiqbollari,  YI va O’zbekiston hamkorligining turli platformalari (komitetlar, siyosiy konsultatsiyalar), YI va O’zbekistondagi koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlari, O’zbekistonning YI bilan qishloq xo’jaligi sohasidagi hamkorligi holatiga oid savollariga javob berdilar. Koronavirus pandemiyasi sharoitida Yevropa mamlakatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar transformatsiyasi, YeI huquqiy maqomining konseptual asoslari kabi uchrashuv qatnashchilarini qiziqtirgan mavzular bo’yicha fikr almashildi. 

Mazkur uchrashuv talabalarga Elchixona vakillarining kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishish va real hayotda diplomat bo’lish qanday ekanligi haqidagi savolga javob olish imkoniyatini taqdim etdi.

Uchrashuv videosini ko’rish