16.04.2020 7129

Universitetimiz o`qituvchilari va talabalari o`ziga xos “challenge”ni boshlashdi. Xalqaro Savdo va Investitsiyalar kafedrasi o`qituvchisi Muhamadali Eshonqulov boshlab bergan bu chellenj “100 kun sport” deb nom oldi  va bunda o`qituvchi va talabalar kunlik tongi yugurish jarayonini o`zlarining Facebook ijtimoiy sahifalariga joylab borish rejalashtirilgan.

Ayni paytda bu chellenj o`z auditoriyasini topishga ulgirdi va o`quvchilar orasida keng yoyilmoqda.  Bundan tashqari har kungi mashg`ulot paytida Muhammadali Eshonqulov talabalarga o`zining qimmatli tavsya va maslahatlarini Facebook sahifasi orqali online tarzda berib turibdi.  

Qariyb bir oydan beri davom etayotgan karantin davrida bunday harakatlar nafaqat talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan balki, o`qituvchi va talaba o`rtasidagi munosabatlarning yanada yaxshilanishiga zamin yaratadi.