18.03.2020 4996

2020-yil 3-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Grebennikov elektron kutubxonasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Bosh direktor A.Xalyukov, universitet oʻqituvchilari, xodimlari va doktorantlari ishtirok etdilar. Bosh direktor A.Xalyukov Grebennikov kutubxonasi faoliyati va asosiy tematik yoʻnalishlari, shuningdek toʻrtinchi avlod universitetlarining elektron manbalari toʻgʻrisida maʻlumot berdi.

Uchrashuv davomida A.Xalyukov Grebennikon elektron kutubxonasi 2005 yilda tashkil etilganligi, Grebennikov nashriyotining ixtisoslashgan jurnallarida chop etiladigan maqolalar, shuningdek, kitoblar toʻplami, almanaxlar va oʻquv videofilmlari toʻgʻrisida soʻzlab berdi. Elektron kutubxonaning asosiy tematik yoʻnalishlari marketing, menejment, xodimlarni boshqarish va moliyaviy boshqaruvdan iborat ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuvning yakuniy qismida elektron kutubxona vakili tadqiqotchilar va doktorantlarning Grebennikov elektron maʻlumotlar bazasidan foydalanish boʻyicha savollariga javob berdi.