13.03.2020 4780

Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi o’qituvchlari L.M. Tashpo'latova, G.S. Tonyants va R.A. Djuraeva tomonidan tayyorlangan "Bank tizimidagi innovatsiyalar: global tendensiyalar va O'zbekistonda rivojlanish istiqbollari" nomli monografiya nashr etildi.

Prezident Sh.M. Mirziyoyev parlamentga murojaatida: "Biz uchun innovatsion rivojlanish havo kabi zarur ... Biz yangi bilim va innovatsion texnologiyalarni chuqur o'zlashtirishimiz kerak. Bu taraqqiyotning eng qisqa yo'lidan borishga imkon beradi” deb ta'kidlagan.

Mazkur monografiya aynan ushbu muammolarga bag'ishlangan. Monografiyada bank innovatsiyalarining rivojlanishidagi global tendensiyalar, innovatsion xizmatlarni yaratish va joriy etish jarayonlari, shuningdek blokchain, elektron to’lov tizimlari, fintex va savdo moliyalashtirishning mexanizmi, rivojlanishi va istiqbollari ochib berilgan va tahlil qilingan.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi bank tizimi faoliyatining asosiy natijalari aks ettirilgan, amaliyotda bank innovatsiyalaridan foydalanish misollari keltirilgan va bank sohasiga innovatsiyalarini joriy etish bilan bog'liq bo'lgan asosiy muammolar aniqlanib, ularni hal etish yo’llari ko’rsatilgan.

Monografiya hozirgi sharoitda banklar innovatsion faoliyatidagi muammolar bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar, o'qituvchilar va talabalar uchun mo'ljallangan.