28.02.2020 4466

2019-2020-o‘quv yiliga mo‘ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi vakili Buriev Abdumannop Abduraxmatovich tomonidan Adliya vazirligi faoliyati, tarkibi, kadrlarni shakllantirish tartibi hamda ularga qo‘yiladigan asosiy talablar borasida suhbat o’tkazildi.

Mazkur uchrashuv amaliyotdan keltirilgan misollar bilan yoritib berilganligi talabalarning bu boradagi tasavvurlari va ko‘nikmalarini yanada boyitdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra talabalar turli masalalar bo‘yicha fikr va mulohazalar almashdilar.