24.02.2020 12864

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yosh avlodni yurtimizning buyuk siymolari xotirasini yod  etish, o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalari Alisher Navoiy va Bobur hayoti va ijodi haqidagi bilimlarini shakllantirish, uning ijodiga, adabiyotiga, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida 2020-yil 19-fevralda  buyuk ajdodlarimiz Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan “Mangulikka muhrlangan mutafakkirlar” mavzusidagi tadbiri “Mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq” shiori ostida o‘tkazildi. Mazkur tadbir buyuk ajdodlarimiz Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan tadbirlar oyligi doirasida uyushtirildi.

Ushbu tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirni Jahon iqtidodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar masalalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor Laziz O‘tkirovich Mingishov  o‘z kirish so‘zi bilan ochib berdi. U adabiyotning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni, inson ongi, ruhi hamda hissiga beqiyos ezgu ta’siri haqida so‘zlab, yurtimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish yo‘lida qilinayotgan xayrli ishlarga yuksak baho berdi. Jumladan, millatimizning buyuk allomasi, she’riyat mulkining sultoni, o‘zbek

adabiy tilining asoschisi, mutafakkir shoir Nizomiddin mir Alisher Navoiy  hayoti, uning o‘lmas ijodiy asarlari  to‘g‘risida so‘zlab o‘tdi. Xalqaro sohada faoliyat yuritadigan mutaxassislar tariximiz, tilimiz, buyuk allomalarimiz hayoti va ijodini chuqur o‘rganib, mukammal bilimga ega bo‘lishlari zarurligi, jumladan, buyuk mutafakkirlarimiz Alisher  Navoiy va Bobur asarlarini mutolaa qilib, ularni tahlil qila olish,  shoirlarning satrlarini yoddan bilishlari ularning ma’naviy barkamolligini ko‘rsatuvchi asosiy mezonlardan biriligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida mustaqil ta’lim sifatida e’lon qilingan  “Buyuk ajdodlar merosini qay darajada bilaman”  mavzusidagi fakultetlararo bellashuv bo‘lib o‘tdi. Bellashuv shartiga ko‘ra faqat birinchi kursning  rusiyzabon talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda talabalar  shoirlar ijodidan bahr-u bayt aytib, . Navoiy va Boburning ijodi, siyosiy , ijtimoiy hayotdagi o‘rni, ularning merosini qay darajada bilishlarini namoyish qildilar.   

Guruhlar bu ulug‘ siymolar hayoti haqida yozilgan asarlar, Navoiy  dostonlaridan turli parcha ko‘nishlarini sahnalshtirib, mohirona ijro etdilar. Alisher Navoiy va Bobur siymosi va uning hassos qobiliyati ko‘plab xalqlarni, birinchi navbatda, o‘zbek xalqini ilhomlantirib kelayotgani, insonparvarlik, adolat, aql-zakovat va obodonlashtirish singari yuksak insoniy fazilatlar yo‘g‘rilgan asarlari bir necha yuz yillar davomida o‘z jozibadorligi va dolzarbligini saqlab kelayotgani talabalarning chiqishlarida namoyon bo‘ldi.  

Buyuk ajdodlarimiz o‘lmas merosining ahamiyati, jahon madaniyatidagi o‘rni,  Navoiy  va Bobur asarlarining siri, sehrini talabalarga singdirish uchun nafaqat bayramona musiqali tadbirlar, balki intellektual  bellashuvlar, mutolaa katta ahamiyat kasb etadi.  Yoshlarni buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganishlariga qiziqtirish maqsadida amalga oshirilgan ushbu loyiha samarali natija berdi.

Tadbir bayramona ruhda, xush kayfiyatda o‘tdi.