21.02.2020 4098

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kutubxonasi Frantsiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan frantsuz tilidagi kitoblar va o'quv qo'llanmalar to'plamlari bilan boyitildi.

Frantsiya elchixonasi tomonidan berilgan kitoblarni qabul qilish marosimida ishtirok etish uchun JIDUning kafedra mudiri V. Mamatkasimova boshchiligidagi frantsuz tili o'qituvchilari tashrif buyurishdi.

Qabul jarayonida,  Muhtarama xonim  Izabelle Servoz-Galluchchi frantsuz tili o'qituvchilariga frantsuz tili va madaniyatini rivojlantirishga qo'shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Qiziqarli kitoblar va o'quv qo'llanmalar to'plamlari bilan tanishish uchun JIDUning Ekobibliotekasida ko'rgazma-taqdimoti tashkil etildi. Shuningdek, kutubxona zalida kitoblar ko'rgazmasi nomoyishi ham bo’lib o’tdi. Kitoblar ko'rgazmasi fransuz o'qituvchilari va fransuz tilini o'rganayotgan talabalarni to'pladi. Universitet kutubxonasi direktori Irina Ivanovna Klimitenko ko'rgazmani ochib berish bilan birga, Frantsiya elchixonasiga kitob sovg'asi uchun minnatdorchilik bildirdi.