«O’zbekiston Respublikasida Yuridik psixologiyaning fuqarolik-protsessual huquqiy munosabatlarda tutgan o’rni va ahamiyati» mavzusida davra suhbati
06.11.2015 39400
“Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti”da 2015 yilning 6-noyabr kuni “O’zbekiston Respublikasida fuqarolik-protsessual huquqiy munosabatlarida huquqiy psixologiyaning o’rni va uning ahamiyati” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbati O’zbekiston psixologlar Assotsiatsiyasi hamkorligida o’tkazildi. Ushbu tadbirda universitet talaba va o’qituvchilari, advokatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar. Unda fuqarolik ishlarini sudda ko’rib chiqishda yuzaga keladigan sud-psixologik ekspertizasining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Psixologlar Assotsiyasi raisi X.T. Maxmudova o’z nutqida sud-psixologik ekspertizasining O’zbekistondagi holati va tahlili, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi haqida”gi qonunning o’rni va ahamiyati haqida so’z yuritdi. Yuridik psixologiya bo’limi boshlig’i T. S. Kocherova esa sud psixiatriyada mavjud bo’lgan muammolar va fuqarolik-protsessual huquqiy munosabatlarida qonun qo’llanilishi mexanizmlari haqida nutq so’zladi. Mavzu bo’yicha muhokamalar va muhim masalalar bo’yicha suhbatlar o’tkazildi. Davra suhbati yakuniga ko’ra, yuridik psixologiya fanini o’quv jarayoniga joriy etish bo’yicha taklif va mulohazalar ishlab chiqildi.