20.02.2020 4482

2020 yil 18 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga tashrif buyurdilar. Tashrif qizg’in voqea-hodisalarga boy tarzda o’tdi. Xususan, talabalar Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida ishtirok etdilar. Majlisda kechgan qizg’in savol-javob, muhokamalar talabalarda yorqin taasurot qoldirdi.

Tashrif davomida talabalar Parlament faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Deputatlar bilan bo’lgan suhbatda, ular o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.