19.02.2020 4985

2020-yil 19-fevral kuni “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari va jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo-Ulugʻbek tuman sudi vakillari Toʻraxodjayev Farrux va Abdugʻaniyev Sanjarlar ishtirokida “Jinoyatlar sodir etishning oldini olish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Suhbat davomida maʼruzachilar tomonidan jinoyat huquqi va jinoyat-protsessual huquqi sohasida batafsil maʼlumotlar berildi.  Koʻplab amaliyotdan misollar keltirilgan ushbu tadbir barcha talabalarda katta qiziqish uygʻotdi.

Davra suhbati yakuniga koʻra talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha masalalar boʻyicha mataxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.