“Xalqaro huquq” fakulteti talabalari ishtirokida Yevropa Ittifoqi huquqi fani doirasida Vebinar o’tkazildi
19.02.2020 4792
2020-yil 18-fevral kuni “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari ishtirokida Yevropa Ittifoqi huquqi fani doirasida Vebinar o’tkazildi. Vebinarni Yevropa Ittifoqi huquqi bo’yicha yuqori malakaga ega bo’lgan xorijlik mutaxassis Julieta Harutyunyan tomonidan olib borildi.
Vebinar davomida mutaxassis tomonidan talabalarga Yevropa Ittifoqi huquqining mazmun-mohiyati va vazifalari, Yevropa Ittifoqi huquqi normalari va prinsiplari, Yevropa Ittifoqi integratsiyasining umumiy tavsifi, Integratsiyaning institutsional tizimi: Yevropa Ittifoqining asosiy organlari, Yevropa Ittifoqi huquqining tarkibiy tuzilishi, mohiyati va xususiyatlari, Yevropa Ittifoqi huquqi tizimida inson huquqlari va demokratiya masalasi hamda Yevropa Ittifoqi tashqi aloqalarining huquqiy asoslari xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Vebinar yakunlariga ko‘ra talabalarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha mutaxassis tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.