15.02.2020 4596

2020-yil 15-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida BMTning sogʻlom turmush tarzi loyihasi boʻyicha xalqaro ekspert, psixologiya fanlari nomzodi Kazakov Luqmon Hakimovichning talabalar bilan psixologik trening doirasidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda talaba-yoshlar, professor-oʻqituvchilar va murabbiylar ishtirok etdi. Dars amaliy va nazariy maʼlumotlar, hamda hayotiy misollarga boy tarzda boʻlib oʻtdi. 

Mashgʻulotlar jarayonida talabalar uchun interaktiv usullar qoʻllanildi. Shuningdek, psixologik testlar va shkalalardan maqsadli foydalanildi. Natijada, har bir talaba oʻzining qaysi psixologik guruhga mansubligini bilib olish va oʻrtoqlari yoki yaqinlariga qoʻllash imkoniyatlariga ega boʻldilar.

Umuman, “Mahorat darsi” talaba-yoshlar va oʻqituvchilar uchun qiziqarli yangiliklar, hamda amaliy taassurotlarga boy muhitda boʻlib oʻtdi.