O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 82 yilligiga bag'ishlangan kecha
11.02.2020 4732
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 82-yilligiga bag‘ishlangan kecha doirasida “Oq saroy” qarorgohida tadbir tashkil etildi. Unda Rovshan Tulkunovich Hakimov boshchiligidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida san'atkorlar, shoirlar, yozuvchilar, taniqli o'zbek estrada xonandalari va Islom Karimovning xotirasini sharaflashni istaganlarning barchasi so'z bilan chiqishdi va Birinchi Prezidentimizni unutilmas so'zlar bilan yod etishdi. Birinchi Prezidentimizning Mustaqil Respublikamiz rivojiga qo'shgan ulkan hissasi qayd etildi. Birinchi Prezidentimizning Mustaqil Respublikamiz rivojiga qo'shgan ulkan hissasi qayd etildi.
Talabalarga O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi va Birinchi Prezident biografiyasi haqidagi kitoblar taqdim etildi.
Shuningdek, talabalar Islom Abdug'aniyevichning rafiqasi Tatyana Akbarovna bilan suhbatlashish imkoniga ega bo'lishdi va xalqimiz osoyishta osmon ostida yashayotgani uchun minnatdorchilik so'zlarini izhor etishdi!