Taʼziya
10.02.2020 4629
Oʻzbekiston TIV qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi chuqur qaygʻu bilan JIDU birinchi prorektori M.T. Baqoyevning padari buzrukvori Tesha Bobo Baqoyevning vafot etganligini xabar qiladi.
Tesha Bobo Baqoyev Buxoro viloyatida taniqli va hurmat qozongan, mamlakat taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan, butun bir avlod shogirdlar tarbiyalagan shaxs edi. Koʻplab jamoalarga rahbar lovozimida xizmat qilgan kezlari oʻzining kirishimliligi, turli kasb va yoshdagi insonlar qalbiga yoʻl topa olishini namoyish qilgan.
Tesha Bobo Baqoyevning qarindoshlari va yaqinlariga chin dildan taʼziya izhor qilamiz.
JIDU Rektorati, Ilmiy Kengash, Kasaba uyushmasi, Yoshlar ittifoqi, oʻqituvchilar, xodimlar vatalabalari.