JIDU hamda Sudyalar oliy maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi
31.01.2020 4413
2020-yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Sudyalar oliy maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
O‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Memorandumni imzolashdan ko‘zlangan maqsad, sud va yuridik kadrlarni tayyorlash, fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq huquqni qo‘llash, sud amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazishda hamda JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti talabalarining amaliyotlarini tashkil etish borasida hamkorlikni rivojlantirishdan iboratdir.
Tadbir ishtirokchilari Memorandumda belgilangan vazifalar ijrosining amalda ta’minlanishi Tomonlar manfaatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, faoliyatlari samaradorligini yanada oshirishga amaliy yordam berishini alohida ta’kidlab o‘tishdi.