28.01.2020 8354

Talaba-yoshlarning madaniy-maʼnaviy saviyasini yuksaltirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, vatanparvarlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida poytaxtimizdagi muzeylar, kutubxonalar, tarixiy qadamjolarga murabbiylik guruxlari bilantashriflar uyushtirildi.

2019-2020 oʻquv yili birinchi yarim yilligi davomida talaba-yoshlar orasida oʻz yurtiga nisbatan vatanparvarlik hissini mustahkamlash, maʼnaviy barkamol mutaxassislarni tayyorlashda tarbiyaviy ishlar ustivorligini taʼminlash maqsadida, Xalqaro munosabatlar fakulteti murabbiylik guruhlari, vatanimizning tarixiy va istiqlol yillaridagi ravnaqi toʻgʻrisida hikoya qiluvchi muqaddas qadamjolarga, “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari”, “Olimpiya shon-shuhrati”, “Amir Temur va temuriylar davri”, “Qatagʻon qurbonlari tarixi”, “Oʻzbekiston tarixi” davlat muzeylariga tashriflar uyushtirildi.