Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistr va bakalavr bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
02.07.2016 39245
2016-yilning 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistr va bakalavrlarga diplom topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov bitiruvchilarga muvaffaqiyat tilab nutq so‘zladi va yig‘ilganlarni hayotlaridagi muhim bosqich yakunlanayotganligi bilan tabriklab, kasbiy sohalarida omadlar tiladi. Eng yaxshi bakalavr va magistrlarga imtiyozli diplomlar topshirildi.
Bitiruvchilar 1992-yilda I.A.Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan universitet rahbariyatiga, professor va ustozlariga ta’lim-tarbiya va bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnaddorchilik bildirdilar hamda o‘zlarining barcha kuch va orttirilgan bilimlarini mustaqil O‘zbekiston rivoji uchun qo‘llashga ahd qildilar.