25.12.2019 7235

Qirg’iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi rektori, prof. Respublikamizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bo'lib o'tgan saylovda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Chinara Adamkulova.

JIDUning xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori, professor S.S.Saidqosimov bilan bo'lib o'tgan muzokaralar chog'ida ikki oliy ta'lim muassasalari faoliyati, xalqaro kadrlar tayyorlash sohasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari to'g'risida batafsil ma'lumot almashildi.

Uchrashuvda, shuningdek, Qirg'iziston Diplomatik akademiyasi va JIDU o'rtasida talabalar, tadqiqotchilar va o'qituvchilar almashinuvini yanada muvofiqlashtirishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun: Qirg'iziston Tashqi ishlar vazirligining 2001 yilda tashkil etilgan Kaza Dikambaev nomidagi Diplomatik akademiyasi "Menejment", "Biznes menejmenti", "Jurnalistika" va "Tilshunoslik" yo'nalishlari bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlaydi.

(Unofficial translation from Russian)