"Do'stlik tarafdorimiz!"
19.12.2019 8851
2019 yil 14-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Do'stlik tarafdorimiz!" deb nomlangan madaniyatlararo do'stlikni targ'ib qiluvchi tadbir o'tkazildi.
JIDUning "Xalqaro munosabatlar" va "Xalqaro huquq" yo'nalishi birinchi kurs talabalari Rossiya, Gruziya, Ispaniya, Turkiya, Germaniya, Meksika va AQSh davlatlari madaniyati, urf-odatlari haqida taqdimot qildilar. Tadbir tashkilotchilari "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchilari bo'lib, tadbir ingliz tilida musobaqa tarzida o'tkazildi. Talabalarning o'zlari tanlagan davlatlari haqida ma'lumot berishi, an'ana va urf-odatlaridan birini namoyish etishi, milliy raqsni ijro etishi musobaqa shartlari edi.
Tadbir mehmonlari sifatida Gruziyaning O'zbekistondagi elchixonasi vakillari Aleksandr Kipiani, Georgiy Botchorishvili, Nino Manjgaladze, Amerika Qo'shma Shtatlari elchixonasi vakili Dr. Feruz Akobirov va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Galina Melnikova qatnashdilar.
Tadbirning maqsadi talabalarning madaniyatlararo kompetentligini oshirish, ularni turli millatlarning urf-odatlari bilan tanishtirish va guruhda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish edi. Tadbir davomida hukm surgan ko'tarinki kayfiyat tadbir tashkilotchilarining o'z maqsadlariga erishganligidan darak berdi.