Yaponiya bosh vazirining maxsus maslahatchisi Eychi Xasegavaning JIDU talaba va professor-o'qituvchilari oldida o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi
15.06.2016 37626
2016 yilning 13 iyun sanasida Yaponiya Bosh Vazirining maxsus maslahatchisi Eychi Xasegavaning JIDU talaba va professor-o'qituvchilari oldida o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Yuqori martabali mehmonning ma'ruzasi Yaponiya iqtisodiyotining zamonaviy holati va O'zbekiston-Yaponiya o'rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish mavzusiga bag’ishlandi. Ma'ruza paytida talabalar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to'liq javob oldilar. Tadbir yakunida qiziqarli ma'ruza uchun ishtirokchilar o'zaro minnatdorchilik izhor qildilar.