Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi targʻiboti
05.12.2019 6238
Joriy yilning 4-dekabr kuni, “Xalqaro munosabatlar” va “Xalqaro xuquq” fakultetining professor-oʻqituvchilari va talabalari, “Dunyo boʻylab” telekanali ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Shaxsiy yondashuv” telekoʻrsatuvi jarayonida ishtirok etdilar.
Telekoʻrsatuv, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligini munosib nishonlash maqsadida tashkillashtirilgan boʻlib, talabalarimiz undagi mavjud xuquq va burchlarimizni axoli orasida keng targʻib qilish, shuningdek, dunyo xalqlari konstitutsiyasi bilan solishtirgan xolda, Bosh qomusimizning xalqparvarligi va boshqa oʻziga xos xususiyat va qirralari xaqida oʻz fikr-muloxazalari bilan oʻrtoqlashdilar.